Biz haqimizda

“Naqsh” hunarmandchilik maktabiga xush kelibsiz!

Sivilizatsiyalar chorrahasi va qadimiy Buyuk Ipak yo‘lining yuragi bo‘lgan Toshkentda yangi, dadil va zamonaviy ta’lim maskani tashkil etildi. “Naqsh” hunarmandchilik maktabi asrlar davomida shakllangan badiiy meros bilan bugungi ijodkorlikni birlashtiradigan noyob makondir.

Maktab o‘z faoliyatini “Sinov yili” dasturi bilan boshlaydi. Dastur doirasida O‘zbekistonning boy va barhayot merosiga bag‘ishlangan beshta ustaxona faoliyat yuritadi. Shundan so‘ng to‘laqonli Diplom dasturi yo‘lga qo‘yiladi.
“Naqsh” hunarmandchilik maktabining asosiy maqsadi – yaratilgan kurs va modullar orqali san’at, tafakkur hamda dizayn sohasining yangi avlod namoyandalarini tarbiyalash, ularning qalbida o‘z ildiziga sodiq, ammo dunyoga ochiq ijodiy nigohni shakllantirishdir.

Oʻzbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi va Qirollik jamgʻarmasining An’anaviy san’at maktabi oʻrtasidagi ijobiy oʻzgarishlarga asoslangan hamkorligi orqali biz anʼanaviy va zamonaviy sanʼat boʻyicha jahon andozalari darajasidagi taʼlimni yaratish uchun global tajribani mahalliy mukammallik bilan birlashtirmoqdamiz.

“Naqsh” hunarmandchilik maktabi O‘zbekistonning boy merosini xalqaro miqyosda ilhom manbai va madaniy ko‘prik sifatida davom ettirishga qaratilgan yirik tashabbusdir.

Biz bilan birga o‘tmishni asrang va kelajakni yarating.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi logotipi
The King’s Foundation An’anaviy san’at maktabi logotipi

Toshkentga xush kelibsiz!
Shahrimiz va eshiklarimiz siz uchun ochiq.

«Sizlarni ulkan iftixor bilan O‘zbekistonning boy badiiy merosi va ajoyib kelajakka qaratilgan jozibador tasavvurlari asosida vujudga kelgan “Naqsh” hunarmandchilik maktabida olqishlayman.

Hunarmandchilik maktabi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining mamlakat madaniy merosini asrab-avaylash, targ‘ib etish va jahon miqyosida yuksaltirishga qaratilgan missiyasining muhim bosqichidir. Qirollik jamg‘armasining An’anaviy san’at maktabi bilan hamkorligimiz ularning an’anaviy san’at ta’limidagi ko‘p o‘n yillik tajribasini ijodkorlik va madaniy almashinuvga bo‘lgan istiqbolli yondashuvimiz bilan birlashtiradi.

Birgalikda biz nafaqat an’anaviy hunarmandchilikni himoya qilamiz, balki ularning global auditoriya uchun dolzarbligini qayta tasavvur etamiz. Ushbu hamkorlik madaniy sheriklik rishtalari mustahkamligini hamda O‘zbekistonning ijodkorlik va muloqotning yuksalib borayotgan markazi sifatidagi rolining salmoqli tasdig‘idir.

Gayane Umerova,
“Naqsh” hunarmandchilik maktabi asoschisi, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi

Bizning pirovard maqsadimiz

Chuqur ildizlarga ega madaniy meros.
Kelajakni quchib.

O‘zbekiston falakiyotchilar, hunarmandlar va ilg‘or peshqadamchilar diyori bo‘lib, ularning merosi ilhomlantirishda davom etib kelmoqda. “Naqsh” hunarmandchilik maktabida kelajakni o‘z bag‘riga olgan holda bu merosni e’zozlaymiz.

Bizning uzoq muddatli maqsadimiz talabalarga dunyo bilan bog‘lanish hamda yanada inklyuziv, innovatsion butunjahon san’at hamjamiyatiga hissa qo‘shish imkonini bergan holda kreativlik, yaqin hamkorlik va madaniy almashinuv maydon va minbarini yaratishdir.

Bizning taklifimiz

XX asr uchun san’at ta’limining yangi modeli

“Naqsh” hunarmandchilik maktabida biz quyidagilarni taklif qilamiz:

Jahon darajasidagi dasturlar:

an’anaviy hunarmandchilik, zamonaviy dizayn va fanlararo san’at kurslari.

Global
almashinuv:

rezidentlik, ko‘rgazmalar va butun dunyo bo‘ylab yetakchi muassasalar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari.

Inklyuziv
imkoniyat:

O‘zbekiston bo‘ylab va uning sarhadlaridan tashqaridagi kelajagi porloq istiqbolli iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli dasturlar.

Talaba, hamkor yoki tashrif buyuruvchi bo‘lasizmi, siz kamol topish, kashfiyotlar va hamkorlik uchun mo‘ljallangan makonni topasiz.

Bizning o‘quv modullarimiz

O‘zbekistonning tirik merosi bo‘ylab sayohat

“Naqsh” hunarmandchilik maktabida biz sizlarni ijobiy o‘zgarishlar sari ma’rifiy sayohatga taklif etamiz. Bizning tajriba-sinov modullarimiz sizlarni o‘zbek hunarmandchiligining boy an’analariga sho‘ng‘ish hamda kelajak uchun innovatsiyalar va ijodkorlik ko‘nikmalari bilan ta’minlash uchun ishlab chiqilgan. Har bir modul amaliy ta’limni madaniyatni chuqur tadqiq etish bilan uyg‘unlashtiradi, bu esa mamlakatning ajoyib merosiga daxldor bo‘lish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

2025-yil 20-oktabr – 13-noyabr

1

Kurs yakunlandi

Davomiyligi:
20 – 29-oktabr kunlari Toshkentda, 2 hafta davomida Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida

Ishtirokchilar soni:
15 nafar

Siz nimalarni o‘rganasiz:

  • “Ulug‘bek” madrasasidan ilhomlangan geometrik va dizayn tamoyillari
  • Kelajakdagi diplom dasturi modullaridan olingan ko‘nikmalar.

Ulug‘bek madrasasi bilan shug‘ullanish

Samarqandning yuragiga qadam qo‘ying va afsonaviy “Ulug‘bek” madrasasining handasaviy shakllari va tabiiy jilosini kashff eting. Ushbu immersiv modul Toshkent shahridan boshlanib, Samarqandda yakunlanadi, u yerda siz ushbu tarixiy obidaning meʼmoriy va madaniy ahamiyatini tadqiq etadi.

2026-yil 26-yanvar – 13-fevral (faqat ish kunlari)

2

Kurs yakunlandi

Davomiyligi:
3 hafta (Toshkent)

Ishtirokchilar soni:
15 nafar

Siz nimalarni o‘rganasiz:

  • Geometriyaning naqsh va bezakda qo‘llanishi.
  • Arxitektura makonida biomorf naqshlarda struktura va ijodiy improvizatsiyaning nozik uyg‘unligi.


Kurs uchun to‘lov:
200 AQSh dollari

O‘zbekiston yodgorliklari bilan ishlash

O‘zbekiston me’moriy merosining betakror go‘zalligini qayta kashf eting. Ushbu modul Oltin nisbatga asoslangan naqshlar tizimini o‘rganadi va uning Registon majmuasining nafis me’moriy bezaklariga qanday singdirilganini tahlil qiladi.

“Naqsh” hunarmandchilik maktabida Qirollik jamgʻarmasi An’anaviy san’at maktabining tajribali ustozlari bilan birga dizayn tamoyillariga kirish darslarida ishtirok eting. Registon va Bibi Xonim masjidi misollarida olib boriladigan tahlillar ishtirokchilarga o‘tmish ustalarining yaratgan beqiyos uyg‘unliklarini anglash uchun mustahkam nazariy asos beradi. Tabiat tartibida mujassam va O‘zbekiston me’moriy merosida aks etgan uyg‘unlik hamda mutanosiblikning umumbashariy qonuniyatlarini kashf eting.

2026-yil 30-mart – 17-aprel (faqat ish kunlari)

3

Kurs yakunlandi

Davomiyligi:
Toshkent shahrida 3 hafta

Qabul kvotasi:
15 nafar ishtirokchi

Siz nimalarni o‘rganasiz:

  • Me’morchilikda konstruksiya va naqsh o‘rtasidagi uyg’unlik.
  • Dekorativ ramka va hoshiya loyihalash asoslari.
  • Biomorf chizmachilik va rangtasvir.


Kurs uchun to‘lov:
200 AQSh dollari

Ushbu amaliy seminar me’moriy kompozitsiyaning har bir jihatini boshqaruvchi va yagona tizimga birlashtiruvchi proporsional tamoyillarni o‘rganishga bag‘ishlanadi.

Qirollik jamgʻarmasining An’anaviy san’at maktabi mutaxassis ustozlari rahbarligida ishtirokchilar O‘zbekistonning Samarqand shahridagi Shohi Zinda ansambli tarkibiga kiruvchi Shodi-Mulk og’a maqbarasining fasad, elevatsiya va naqsh tizimida geometriya qanday asosiy tuzilma vazifasini bajarishini tahlil qiladilar.

Dastur doirasida gul naqshlarining turli keramik texnikalarga qanday moslashtirilgani — O‘zbekistonning boy me’moriy merosining ajralmas qismi sifatida — o‘rganiladi hamda bino unsurlarining uyg‘un kompozitsiyaga qanday birlashtirilishi amaliy mashg‘ulotlar orqali ko‘rib chiqiladi.

2026-yil 4–22-may (faqat ish kunlari)

4

Davomiyligi:
Toshkent shahrida 3 hafta

Qabul kvotasi:
15 nafar ishtirokchi

Siz nimalarni o‘rganasiz:

  • O‘zbekistonning turli davrlari va hududlaridan biomorf kompozitsiya tamoyillari.
  • Geometrik naqshlar bilan biomorf bezakning uyg‘un integratsiyasi.


Kurs uchun to‘lov:
200 AQSh dollari

Turli davrlar, me’moriy va hunarmandchilik muhitlari kesimida bir qarashda sodda ko‘ringan naqshning qanday qilib turfa talqinlarda boyib, O‘zbekistonning turli hududlari va tarixiy yodgorliklarida o‘ziga xos qiyofa kasb etganini kashf eting. Ishtirokchilar mamlakatimiz obidalarini bezab turgan bezaklarning badiiy va ma’naviy ahamiyatini o‘rganar ekan, geometriya, mutanosiblik va simmetriya o‘rtasidagi nozik uyg‘unlikni anglaydilar, shuningdek, rassom tanlagan materiallarning yakuniy kompozitsiyaga qanday ta’sir ko‘rsatishini kashf etadilar.

Mashg‘ulot davomida talabalar turli darajadagi murakkablikka ega naqshlarni yaratish ko‘nikmalarini egallab, yakunda Xivaning nafis va murakkab koshin bezaklari misolida amaliy tahlil bilan yakunlaydilar.

2026-yil 8–26-iyun (faqat ish kunlari)

5

Davomiyligi:
Toshkent shahrida 3 hafta

Qabul kvotasi:
15 nafar ishtirokchi

Siz nimalarni o‘rganasiz:

  • Kompas yordamida chiziladigan geometrik naqshlar va banna’iy (g‘isht terish) uslubidagi bezak o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.
  • To‘rtburchak (kufiy) yozuv kompozitsiyalarining asosiy qoida va tamoyillari.


Kurs uchun to‘lov:
200 AQSh dollari

Ushbu modul g‘isht terilishidagi dekorativ tizimlar va kufiy yozuv o‘rtasidagi murakkab uyg‘unlikni ochib beradi hamda ularning madaniy va estetik mazmunini chuqurroq anglashga yordam beradi. Ishtirokchilar sakkizlik (8-fold) naqshlar oilasi bilan tanishib, ushbu naqshlarning turli me’moriy makon va materiallarda qanday talqin etilganini, shuningdek, ularning to‘rtburchak yozuv kompozitsiyalaridagi ahamiyatini kashf etadilar.

Modul davomida ishtirokchilar g‘ishtin bezakning asosiy dizayn tamoyillarini o‘rganadilar. Bu jarayonda g‘isht modulining me’moriy kompozitsiyalar mutanosibligiga ta’siri, shuningdek, sakkizlik naqshlar oilasining kompas va chizg‘ich yordamida qanday barpo etilishi amaliy misollar orqali o‘zlashtiriladi.
Kurs yakunida talabalar geometrik kompozitsiyalarda to‘rtburchak yozuvni integratsiya qilishga oid kirish darsi bilan tanishadilar. Bu jarayon Samarqand va Buxoro yodgorliklaridan olingan amaliy misollar asosida boyitiladi.

Diqqat! Amaliy mashg‘ulotlar har bir dars davomida to‘liq qatnashish va qunt bilan ishtirok etishni talab qiladi. Biz ariza topshiruvchilardan ta’lim tajribalarini imkon qadar oshirish maqsadida tanlangan modul davomida to‘liq davomatni ta’minlashlarini rag‘batlantiramiz.

Bizning hamkorligimiz

Qirollik jamg‘armasining An’anaviy san’at maktabi bilan hamkorlik

Qirollik jamg‘armasining An’anaviy san’at maktabi bilan hamkorligimiz ushbu maktabning an’anaviy badiiy ta’lim sohasidagi ko‘p o‘n yillik tajribasini mahalliy ilg‘or tajribalar bilan uyg‘un birlashtiradi.

Hamkorlikning bevosita diqqat markazida O‘zbekistonning jonli merosini kashf etuvchi an’anaviy san’at bo‘yicha 5 ta mahorat darsi o‘tkaziladigan “Tajriba-sinov yili”ning ishga tushirilishidir. Ulardan birinchisi usta amaliyotchi va murabbiylar yetakchiligida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi arafasida bo‘lib, Samarqanddagi “Ulug‘bek” madrasasiga bag‘ishlanadi.

Har bir mahorat darsida 2026-yilda boshlanishi rejalashtirilgan ikki yillik diplomlik dasturining jihatlari va umumiy boblarini yoritish nazarda tutilgan.

Usbu hamkorlik o‘quvchilarimizga meros va joriy amaliy tajribalarni bog‘laydigan, ularni jahon san’at hamjamiyatida yetakchilik qilishga tayyorlaydigan yaxlit tizimli ta’limdandan bahramand bo‘lishni ta’minlaydi.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi logotipi
The King’s Foundation An’anaviy san’at maktabi logotipi

Hikoyalar

O‘tmish dahosidan kelajak uchun ilhom olib

Aloqada qoling

Sayohatimizning bir qismi bo‘ling

Agar “Naqsh” hunarmandchilik maktabining modul va seminarlari haqida qo‘shimcha ma’lumot olishni istasangiz, quyidagi bo‘limdan ro‘yxatdan o‘ting.