{"id":1423,"date":"2025-12-23T18:45:29","date_gmt":"2025-12-23T13:45:29","guid":{"rendered":"https:\/\/naqshschoolofcrafts.uz\/?post_type=story&#038;p=1423"},"modified":"2026-01-07T14:47:36","modified_gmt":"2026-01-07T09:47:36","slug":"aql-qalb-va-qol-uygunligi-naqsh-hunarmandchilik-maktabi-ilk-talabalarini-qarshi-oladi","status":"publish","type":"story","link":"https:\/\/naqshschoolofcrafts.uz\/uz\/story\/aql-qalb-va-qol-uygunligi-naqsh-hunarmandchilik-maktabi-ilk-talabalarini-qarshi-oladi\/","title":{"rendered":"Aql, qalb va qo\u2018l uyg\u2018unligi: \u00a0\u201cNaqsh\u201d hunarmandchilik maktabi ilk talabalarini qarshi oladi"},"content":{"rendered":"\n<p>Samarqandda \u201cNaqsh\u201d hunarmandchilik maktabining ilk tinglovchilari ta\u2019lim olgan sinfxonadan-da ilhom bag\u2018ishlovchi muhitni tasavvur qilish qiyin. Registon majmuasidagi Ulug\u2018bek madrasasining mahobatli peshtoqi yonida joylashgan xonada tahsil olgan talabalar bu yerda nafaqat tarixdan saboq oldilar, balki uning bevosita bir qismiga aylandilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir necha kun avval Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida muhim va ramziy voqea yuz berdi \u2014 O\u2018zbekiston Madaniyat va san\u2019atni rivojlantirish jamg\u2018armasi hamda Qirollik jamg\u02bbarmasining An\u2019anaviy san\u2019at maktabi (KFSTA) o\u2018rtasida rasmiy hamkorlik kelishuvi imzolandi. Ushbu bitim O\u2018zbekistonning bebaho an\u2019anaviy san\u2019at va hunarmandchilik merosini asrash, uni yangi mazmun bilan boyitish hamda kelajak avlodlarga yetkazish yo\u2018lidagi muhim qadam bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyinchalik Registon majmuasining beqiyos salobati bag\u2018rida mashg\u2018ulotlarga sho\u2018ng\u2018igan 14 nafar ilk tinglovchilarni O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning tashrifi yanada ruhlantirdi. Ushbu tashrif davlatimizning \u201cNaqsh\u201d hunarmandchilik maktabi va uning ezgu missiyasiga bo\u2018lgan yuksak e\u2019tibor va qat\u2019iy qo\u2018llab-quvvatlovini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Registondagi mashg\u2018ulotlar talabalar uchun naqadar chuqur hissiy ta\u2019sir ko\u2018rsatganligini ulardan birining kechinmalari yaqqol ifodalaydi. KFSTA ustozlaridan birining jo\u2018shqin va ma\u2019noli so\u2018zlari uni ko\u2018z yoshlariga to\u2018ldirgan edi. Talaba bu onni shunday eslaydi: \u201cU meni yig\u2018latdi, chunki u biz nima uchun bu yerda ekanimizni, nima qilayotganimizni va kim ekanimizni eslashimiz kerakligini tushuntirdi.\u201d<\/p>\n\n\n\n<p>Aynan shu lahza biz intilayotgan asosiy maqsadni yaqqol namoyon etdi \u2014 yosh avlodni o\u2018zining ilhom bag\u2018ishlovchi madaniy merosi bilan nafaqat intellektual, balki chuqur hissiy jihatdan ham bog\u2018lash.<\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu kurs \u2014 \u201cNaqsh\u201d hunarmandchilik maktabining sinov yili uchun rejalashtirilgan beshta modulning birinchisi \u2014 talabalarni me\u2019moriy mutanosiblik, xattotlikning banna\u2019i naqshlari, geometrik dizaynlar va biomorfik bezaklar bilan tanishtirdi. 15\u201317-asrlarda hunarmandlar tomonidan yaratilgan murakkab va nafis naqshlarning nazariy asoslarini o\u2018rgangan talabalar sinfxonadan bir necha qadam tashqariga chiqib, ushbu naqshlarni jonli kuzatish va eskiz qilish imkoniga ega bo\u2018ldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>KFSTA \u2014 bu 1990-yilda Britaniya monarhi Charlz III (o\u2018sha paytda Uels shahzodasi) tomonidan dunyo bo\u2018ylab an\u2019anaviy san\u2019atni rivojlantirish va qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Qirollik jamg&#8217;armasining bir qismi. Registondagi talabalar bilan birga bo\u2018lgan va KFSTAni chorak asrdan ortiq boshqargan direktor Dr. Khaled Azzam shunday ta\u2019kidladi:<br>\u201cBizning ishimiz bosh, yurak va qo\u2018l muvozanatiga juda bog\u2018liq \u2026 Ushbu kurs talabalar uchun shuni ko\u2018rsatadi: bu nafaqat sirtqi bezak haqida, balki chuqur ma\u2019noga ega. Bu \u2014 o\u2018zini namoyon qilayotgan koinot tartibi haqida.\u201d<\/p>\n\n\n\n<p>Navbatdagi to\u2018rtta qiziqarli modulga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Ularning ilk bosqichi \u2014 26-yanvardan boshlanadigan uch haftalik \u201cGeometriya va naqshga kirish\u201d moduli bo\u2018lib, unda Oltin nisbat qonuniyatlariga bo\u2018ysunuvchi naqshlar oilasi o\u2018rganiladi hamda ushbu mutanosiblik Registon majmuasining betakror me\u2019moriy obidalarida qanday mujassam etilgani tadqiq etiladi. Mazkur modulga arizalar 4-yanvargacha qabul qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uchinchi modul \u2014 \u201cProportsiya va kompozitsiyaga kirish\u201d \u2014 me\u2019moriy kompozitsiyaning har bir jihatini boshqarib, yagona uyg\u2018unlikka birlashtiruvchi nisbat va muvozanat tamoyillarini tahlil qiladi. To\u2018rtinchi modul \u2014 \u201cMonumental g\u2018ishtin bezaklar san&#8217;ati\u201d \u2014 me\u2019morchilik, g\u2018isht terimi naqshlari va kufiy yozuv o\u2018rtasidagi nozik uyg\u2018unlikni yoritadi. Beshinchi modul \u2014 \u201cBiomorf bezakning asosiy tamoyillari\u201d esa O\u2018zbekiston me\u2019moriy yodgorliklarini bezab turgan uslubiylashtirilgan guldor naqshlarning ahamiyatini, ularning turli mintaqaviy va tarixiy kontekstlarini ochib beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu noyob imkoniyatga qiziqqanlar uchun batafsil ma\u2019lumotlar \u201cNaqsh\u201d hunarmandchilik maktabi <a href=\"https:\/\/naqshschoolofcrafts.uz\/uz\/\">rasmiy veb-saytida<\/a> taqdim etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston Madaniyat va san\u2019atni rivojlantirish jamg\u2018armasining asosiy maqsadi \u2014 2026 yilning ikkinchi yarmidan boshlab \u201cNaqsh\u201d hunarmandchilik maktabida kunduzgi, ikki yillik to\u2018liq ta\u2019lim dasturini yo\u2018lga qo\u2018yish hamda uni Toshkentda bo\u2018lajak avlod rassomlari va hunarmandlari kamol topadigan muhim markaz sifatida shakllantirishdir. KFSTA ko\u2018magida, shuningdek, birinchi modul doirasida to\u2018plangan boy va ilhomlantiruvchi tajribalarni inobatga olgan holda, Naqsh maktabi Markaziy Osiyo miqyosida va global darajada an\u2019anaviy san\u2019at ta\u2019limining yorqin va nufuzli maskaniga aylanishiga ishonch komil.<\/p>\n\n\n\n<h4 class=\"wp-block-heading\"><br><strong>Gayane Umerova<\/strong>,<br>\u201cNaqsh\u201d hunarmandchilik maktabi asoschisi, O\u2018zbekiston <br>Madaniyat va san\u2019atni rivojlantirish jamg\u2018armasi raisi<\/h4>\n","protected":false},"template":"","meta":{"_acf_changed":false,"_seopress_robots_primary_cat":"","_seopress_titles_title":"","_seopress_titles_desc":"","_seopress_robots_index":"","_links_to":"","_links_to_target":""},"story-type":[30],"class_list":["post-1423","story","type-story","status-publish","hentry","story-type-blog-maqolasi"],"acf":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/naqshschoolofcrafts.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/story\/1423","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/naqshschoolofcrafts.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/story"}],"about":[{"href":"https:\/\/naqshschoolofcrafts.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/story"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/naqshschoolofcrafts.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1423"}],"wp:term":[{"taxonomy":"story-type","embeddable":true,"href":"https:\/\/naqshschoolofcrafts.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/story-type?post=1423"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}